Talabalar turar joylarida talabalarning yashashi, bilim olishi, darsdan boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Institutning 1-,3- va 4 talabalar turar joylarini oʼrganish maqsadida kelgan hokim oʼrinbosari ana shu sharoitlar bilan tanishdi. Hususan, 5 tashabbus xonalari, oshxona va yuvinish xonalari, binolarning qish mavsumiga tayyor holati toʼgʼrisida maʼlumot berildi.
— Har bir turar joyda dam olish xonasi (zamonaviy televizor, yumshoq mebellar bilan jihozlangan), maʼnaviyat xonasi, oshxona, kompьyuter xonasi, kutubxonalar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.
— Bundan tashqari TTJlarda rassomchilik, tikuvchilik, kompьyuter savodxonligi, musiqa xonalari mavjud boʼlib, talabalar boʼsh vaqtlarida foydalanishlari mumkin.
— Ularga (talabalarga) fakulьtet dekani, ularning muovinlari, professor-oʼqituvchilari masʼul etib belgilangan.
—Bundan tashqari talabalar bilan ishlash uchun har bir turar joyda tarbiyachi – murabbiylar faoliyati yoʼlga qoʼyilgan, navbatchilik tashkil etilgan.
Shuningdek, yotoqxonalarda turli maʼnaviy – maʼrifiy tadbirlar, davra suxbatlari, bayram dasturlari tashkil etilib kelinmoqda.